Sifatda toblangan ishonch

MSM

Metallurgiya Servis Markazi MChJ

“Metallurgiya Servis Markazi” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati (MSM)

MSM “O‘zmetkombinat” AJ tarkibidan qayta tashkil etish va ajratib chiqarish natijasida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida tashkil etilgan. Korxona kuchli ishlab chiqarish-texnik bazaga, yuqori malakali mutaxassislarga va sanoat ishlab chiqarishi, ta’mirlash hamda servis xizmatlari sohasida ko‘p yillik tajribaga ega.

Texnik salohiyat

Texnik salohiyat va imkoniyatlar

Bugungi kunda MSM shunchaki ta’mirlash korxonasi emas, balki ulkan ishlab chiqarish-texnik bazaga ega bo‘lgan kompleks tizimdir. Bizning bo‘linmalarimiz eng zamonaviy uskunalar, yuqori aniqlikdagi texnik vositalar va murakkan muhandislik yechimlarini amalga oshirishga qodir laboratoriyalar bilan jihozlangan. Bu esa bizga quyidagi yo‘nalishlarda uzluksiz xizmat ko‘rsatish imkonini beradi:

  • Sanoat uskunalarini ta’mirlash: Mexanik va elektr qurilmalarni mukammal hamda joriy ta’mirlash, ularning ishlash muddatini uzaytirish.
  • Servis xizmatlari: Murakkab texnologik liniyalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning barqaror ishlashini ta’minlash.
  • Modernizatsiya: Ma’naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar asosida qayta jihozlash.
Inson kapitali

Inson kapitali va tajriba

Korxonaning asosiy boyligi – bu ko‘p yillik tajribaga ega, o‘z ishining ustalari bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardir Jamoamiz metallurgiya va mashinasozlik sohasidagi murakkab vazifalarni hal etishda chiniqqan muhandislar, texniklar va usta-hunarmandlardan tashkil topgan. Ko‘p yillik an’analar va zamonaviy bilimlar uyg‘unligi bizga har qanday miqyosdagi loyihalarni yuqori sifat va aniqlik bilan bajarish kafolatini beradi.

MSM o‘z faoliyatida xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi va ekologik normalarga qat’iy rioya qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Biz sanoat ishlab chiqarishi sohasida nafaqat mahalliy bozor, balki xalqaro maydonda ham raqobatbardosh servis markaziga aylanishni, mijozlarimizga uzoq muddatli va ishonchli hamkorlikni taklif etishni maqsad qilganmiz.

Yuqori Texnologiya

Germaniya va Italiya CNC uskunalari orqali yuqori aniqlikdagi ishlov beramiz.

Ishonchli Kafolat

Har bir tayyorlangan detal laboratoriya nazoratidan o'tadi.

Tezkor Yechimlar

Sanoatdagi to'xtalishlarni oldini olish uchun tezkor servis ko'rsatamiz.

⚙️ Mexanika bo'linmasi

  • CNC metallga ishlov berish va yuqori aniqlikdagi detallar.

⚡ Elektr uskunalarni ta'mirlash bo'linmasi

  • Elektr dvigatellari va generatorlarni ta'mirlash.

🏗️ Metallurgiya uskunalari ta'mirlash bo'linmasi

Sanoat pechlari, prokat stanlari va quyuv uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish.

⚙️ Quyuv-mexanika bo'linmasi

🏗 Metall konstruksiyalar bo'linmasi

  • Murakkab po'lat karkaslar va yirik o'lchamli payvandlash ishlari.

📐 Loyiha-konstruktorlik bo'linmasi

  • 3D modellashtirish va muhandislik loyihalari.

🧪 Elektrotexnika laboratoriyasi

  • Yuqori kuchlanishli sinovlar va himoya vositalari nazorati.

📟 NO'A va AB bo'linmasi

  • O'lchov asboblari va avtomatika tizimlarini sozlash.

⚙️ TJABTL bo'linmasi

(Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi labaratoriyasi)

🔧 Mexanika ta'mirlash bo'linmasi

  • Nasos va reduktorlarni professional darajada tiklash.

🛡️ Mehnat muhofazasi bo'limi

  • Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi nazorati.
Product
Product
Product
Product
Product
Product
Product
Product
Product
Product

Batafsil videoda

Bizning kuchimiz professional jamoada

Bog'lanish uchun

Bosh direktor

+998 99 983 41 04

Tijorat bo'limi boshlig'i

+998 90 397 20 23

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: